Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya faoliyatidan


Mehnat munosabatlarida bo‘lgan ayol uchun homiladorlik va tug‘ish nafaqasi intiqlik bilan kutiladigan mablag‘dir. Chunki bunda bola pavarishi uchun zarur bo‘ladigan dastlabki ta’minot nazarda tutiladi. Ammo navbahorlik Gulhayo Nosirovaga ana shu mablag‘lar to‘lab berilmagan. Fuqaroning onasi Mavjuda Xudoyqulova Navbahor tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib qiziga homiladorlik va tug‘ish nafaqa pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘radi. Aniqlanishicha, G.Nosirova hududdagi 23-umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Unga 2021-yil sentabr oyi homiladorlik va tug‘ish nafaqa pullari to‘lab berilmagan.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasida homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanishi hamda hujjatning 287-moddasida bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu asosga ko‘ra, adliya bo‘limi taqdimnomasi bilan fuqaroga 12 millionga yaqin pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi.