Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyati Tomdi tumanining “Aqtov” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organ mas’ullari  ishtirok etishdi.
Muloqot davomida sud amaliyoti bilan bog‘liq, ijtimoiy ta’minot, davlat xizmatlaridan foydalanish, yer kadastr, bandlik, pensiya taʼminoti, mehnat va oilaviy munosabatlar, soliq toʼlovlari, ish stajini tiklash va imtiyozli shartlarda nafaqaga chiqish singari bir qator masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘z joyida yechish maqsadida aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatildi. Xususan, davlat xizmatlari koʼrsatish markazi tomonidan fuqarolar 2 nafar fuqaro yakka tartibdagi tatbirkor sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkazildi, bir nafar murojaatchiga sudlanmaganlik (sudlanganlik), narkologiya va ruhiy kasallik boʼyicha hisobda turmasligi haqidagi maʼlumotnomalar olib berildi.
Oybeka Djalmaxanovaning turmush qurganiga bir necha yil to‘lgan bo‘lsada hamon nikohini tasdiqlovchi guvohnomasi yo‘q.Bu fuqaroga qonunchilikda belfilangan ayrim imtiyozlardan foydalanish imkonini bermagan.
Qabul mobaynida fuqarolarga ularning murojaatiga ko‘ra, murojaatchilarga nikoh, tug‘ilganlik ad o‘lim guvohnomalari olib berildi.
Ommaviy qabuldan so‘ng, fuqarolar xohishiga ko‘ra, yakka tartibda muloqotlar tashkil etilib, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish, bolani MTTga ro‘yxatga qo‘yish, nogironlikni belgilash singari bir qator murojaatlar o‘z o‘rnida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etiladigan masalalar ish yurituvi uchun alohida nazoratga olindi.