Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya faoliyatidan


Zamonamiz yoshlarining turmush tarzi o‘zgacha.Ularning xayoti burungidek milliy o‘yinlarimiz zavqi bilan emas, virtual olam hayratlari bilan to‘lib bormoqda.Bu jarayon yoshlarni bevosita axborot oqimining bir qismiga aylantirib qo‘yayotgani bor gap. Аxborot maydoni esa foydali maʼlumotlar bilan bir qatorda, kishi taqdiriga daxl etuvchi xatarli manbalarga ham boy.Shu bois, Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sirdoshim” ayollar va yoshlar markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida hududdagi umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Ijtimoiy tarmoqlar: istiqbol va xatar” mavzusida seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etib kelinayapti. 

Аna shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi “IT park” makrazida bo‘lib o‘tdi. Maʼlumotga qaraganda yoshlarning aksariyati vaqtining 60 foizini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqda. Bolalar va o‘smir yoshdagilarning 80 foizi o‘zlarini tarmoqlarning faol foydalanuvchisi hisoblashadi.40 foizi esa kattalar uchun mo‘ljallangan turli nomdagi tanishuv saytlari orqali notanishlar bilan o‘zaro muloqotga kirishishgan. Tadbir avvalida ishtirokchilarga shu kabi tahlillar haqida aytilib, tarmoqlarda uchrayotgan turli koʼrinishdagi shantaj usullari toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. 

Shundan so‘ng, adliya boshqarmasi vakillari tomonidan “Kiberxavfsizlik toʼgʼrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonununi mazmun mohiyati tushuntirilib, mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish,ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanishlari uchun yaratilgan sharoit va amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida aytib o‘tildi.