Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sudi, oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida Navoiy konchilik institutida yoshlar huquqiy aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, xususan, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, fuqaro murojaatlari bilan ishlashda sud amaliyoti haqida ma’lumot berilib.O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining joriy yil 17-martdagi 89-sonli farmoni mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
Shundan so‘ng, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, imtiyozli shartlarda keredit olish tartibi tushuntirilib, yoshlar orasida faollik ko‘rsatgan va sport sohasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar oliy ta’lim dargohi tomonidan taqdirlandilar.
Muloqotdan yakunida, yig‘ilganlar uchun alohida tartibda notarius, davlat xizmatlari, bepul huquqiy maslahat, sud idoralari moloqoti, bank maslahati singari yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.