Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya faoliyatidan


Inson tug‘ulibdiki yerdan rizq terib yashaydi.Ammo undan foydalanish barchaga ham birdek nasib etmagan. Ayniqsa, iqtisodi yupqa, topgani qozon qaynatishgagina yetadigan oila vakillari qo‘shimcha yerga egalik qilish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq hoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-20-sonli qarori bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha yerdan foydalanish imkoniyati yaratildi.Hujjatda, o‘z tomorqasidan unumli foydalanolgan fuqarolarga kamida 10 yil muddatga fermerlarning balbaneteti nisbatan past bo‘lgan yerlaridan 10 so‘tixdan 1 gektargacha maydonlar ajratib berilishi belgilangan. Bunda ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan aholi qatlamiga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun yer olish tartibi, xususan, “e-auksion” platformasi, elektron imzo olish va undan foydalanish bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlari ham tashkil etilgan edi.O‘tgan davr mobaynida adliya organlari va davlat xizmatlari markazlari mutaxassislari tomonidan mazkur yo‘nalishda h 100 dan ortiq seminarlar o‘tkazilib, sohaga oid amaliy tavsiyalar berilgan edi.Endilik o‘z tomorqasidan unumli foydalanayotgan fuqarolarga qo‘shimcha yerlar ajratilgan va ular tomonidan poliz ekinlari yetishtirish uchun urug‘lar ham qadalgan. Bu jarayon Qiziltepa tumanida ham tizimli ravishda tashkil etib borilmoqda. Hozirda tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan ana shunday faoliyatni yo‘lga qo‘ygan xonadonlarga tashrif buyurilib sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 

  Nasiba Saidova Qiziltepa tumanining “Bobodo‘g‘i” qishlog‘ida istiqomat qiladi. Ayni paytda yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan fuqaro sifatida ro‘yxatda turadigan ayol davlat tomonidan berilgan imkoniyatdan foydalanib, 80 so‘tix yerda tarvuz yetishtirmoqda. U kelajakda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirmoqchi. Buning uchun unga albatta davlat xizmatlari lozim. Muloqot davomida Gulsanam Mirzayevaga hosilda samaradorlikka erishish va tadbirkorlik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar tushuntirilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Soha vakillarining tashrifi bobdo‘g‘iliklar uchun ayni muddao bo‘ldi desak mubolag‘a emas. Kimdir farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish, kimdir bolasini maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish, elektron imzo olish-u yana bir qator xizmatlardan uyidan chiqmagan holda unumli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.