Янгиликлар
06
Adliya faoliyatidan
Inson qayerda bo‘lmasin faqat bir maskanga oilasiga qaytadi. Shu bois ham, bizda oila muqaddas, ayol esa doimo ehtiromda.Bu qadriyat yurtimizda qonunchilik normalariga ham ko‘chgan.Adliya organlari tizimida ham oila mustahkamligini saqlash, xotin-qizlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bosh vazifalardan biridir.Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan 12 ta davlat organi va tashkilotlari o‘rtasida tasdiqlangan “Navoiy viloyatida keng aholi qatlamining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish hamda ushbu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”da mazkur yo‘nalishga alohida urg‘u qaratilib, shu asosda targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Tadbirlardan biri adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida “Ayollarga huquqiy ko‘mak” va “Oila baxt qo‘rg‘oni” mavzusidagi huquqiy aksiya misolida tashkil etildi.Tadbirda viloyat sudi sudyalari, notariuslar, davlat xizmati markazi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida qonunchilikdagi yangiliklar, mehnat munosabatlariga oid normalar, davlat xizmatlaridan samarali foydalanish tartibi, normative hujjatlarda ayollar uchun belgilangan imtiyozlar, notarial harakatlarni amalga oshirish sifati singari bir qator mavzularda huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari uchun yakka tartibda sayyor qabul tashkil etilib, xotin-qizlar va yoshlar murojjatlari ish yurituviga qabul qilindi. Yig‘ilganlarga huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi.
.png)