Янгиликлар
07
Adliya faoliyatidan
Oʼzbekiston respublikasi Prezidentining
"2021 — 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi PF-6181-sonli farmoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va toʼliq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatildi.
Navoiy shahar adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi xodimlari Ipakyoʼli bankining Navoiy filiali xodimlariga farmon targʼiboti boʼyicha tadbir uyushtirdilar. Darvoqe, Farmon bilan endilikda «Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari» foydalanishga topshiriladi, ular zarur ofis anjomlari, mebel, buyumlar, texnika va boshqa vositalar bilan taʼminlanadi.