Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya faoliyatidan


 Inson ro‘zg‘or tebratish maqsadida mehnat qiladi. Shu bois, ish joyidan beriladigan oylik maoshi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Ammo, ba’zi idoralarda xodimlar uchun ustama pullari qonun hujjatlari bilan belgilangan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida qo‘liga yetib kelmayapti. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi ayrim tashkilotlarda ana shunday holat kuzatilgan. Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan mazkur soha vakillari shu masalada adliya organlariga murojaat qildi.
       Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 963-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda xodimlarning muhim sanalar va bayram kunlari uchun oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanishi belgilangan. Shuningdek, mazkur hujjat bilan, 
       Soha vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
      Shu asosga ko‘ra, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan veterinariya xizmatida faoliyat yuritayotgan 56 nafa  xodim sudga da’va arizasi kiritilib, 900 millionga yaqin pul mablag‘larining undirib berilishi ta’minlandi.