Янгиликлар
13
Adliya faoliyatidan
Konimex tumani adliya boʼlimi DXM xodimlari tumandagi choʼl manzillaridan biri olis hudud "Ushtobe" ovuli aholisi uchun sayyor tartibda davlat xizmati koʼrsatdilar. Аytish joizki, mazkur ovulda Davlat xizmatlari markazining filiali ham mavjud.Аytmoqchi, mazkur hudud tuman markazidan 245 kilometr uzoqlikda joylashgan.Choʼlda havo harorati 45-50 daraja issiqni koʼrsatib turibdi. Аnglash joizki, bunday jaziramada ovuldagilar uzoq yoʼlga chiqmaydilar. Shu boisdan adliya xodimlari "Oʼzimiz keldik" aktsiyasi bilan manzilda boʼldilar.
Mazkur sayyor xizmat jarayonida "Ushtobe" ovul fuqarolari yigʼinidagi DXM filiali binosida aholi va ishchi xizmatchilar uchun 30 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari koʼrsatildi. 10 ta murojaat adliya ish yurituviga olindi.