Янгиликлар
14
Adliya faoliyatidan
Oila muqaddas dargoh.Uning mustahkamligi mamlakatimizda qonun humoyasidadir.Bosh qomusimizning 63-moddasida belgilab qoʻyilganidek, “Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”.
Zarafshon shahrida "Oila-baxt qo'rg'oni" mavzusida o'tkazilgan huquqiy aksiya oilalar mustahkamligiga bag'ishlandi.
Tadbir Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, Navoiy kon metallurgiya kombinati, NKM jamg'armasi davlat muassasasi, ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi, musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, viloyat xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Zarafshon shahar hokimligi,NKM markaziy kon boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Huquqiy aksiyani "Oila mustahkamligining huquqiy asoslari" mavzusidagi amaliy-seminar boshlab berdi. Bunda shahar hududda istiqomat qilayotgan xonadonlar sharoiti tanishtirilib, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan yakka tartibda muhokama va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so'ng, hamkor tashkilot vakillari Zarafshon shahrida yangitdan tashkil etilgan ayollarni ijtimoiy moslashtirish va reablitatsiya qilish markazining ochilish tadbirida ishtirok etdilar.
Huquqiy aksiya markaziy kon boshqarmasi faollar zalida "Oilani asrash-jamiyatni asrashdir"mavzusidagi muloqot bilan davom etdi.
Suhbat mobaynida oila mustahkamligining diniy va huquqiy asoslari, oilaviy nizolarga sabab bo'layotgan psixologik omillar va ularning oldini olish choralari haqida so'z yuritilib,adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar, xotin-qizlar uchun mavjud imtiyozlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.Mavzular videorolik va qisqametrajli filmlar asosida jonli tarzda ochib berildi.
.png)
.png)
.png)