Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya faoliyatidan


Xatirchi tumanida “Oltinsoy” shirkat xo‘jaligining 72 nafar a'zosiga 380 milliondan ortiq pay ulushlari undirib berish bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.Aytib o‘tish joiz, shirkat xo‘jaligi faoliyati 2017 yilda tuman hokimi qarori asosida tugatilgan edi.O‘sha davrlarda tashqi qarzlar qoplangan bo‘lsa-da, xo‘jalik a'zolarining pay ulushlari to‘lanmasdan qolgan.
-        Shirkat xo‘jaligi tugatilgandan so‘ng, a'zolarning hammasi jumladan,o‘zim ham bir necha yil davomida ulushlarimizni olish uchun ko‘p harakat qilganmiz.Bugun shu masalamiz adliya bo‘limi yordami bilan hal bo‘ldi.Bundan juda xursandman.-deydi Suyundiq Mamaziyatov
     Shirkat xo‘jaligi dastlab 1998- yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 16- martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2841-sonli qarori asosida shirkat fermer xo‘jaligiga aylantirilgan. Faoliyati tugatilgan shirkat xo‘jaligi a'zolarining pay ulushlarini olib berish ham, aynan mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.
    Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvaridagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash tartibi”ning 8-bandida agar xo‘jalikda qoplanmagan zarar mavjud bo‘lsa, u holda zarar xo‘jalikning zaxira yoki boshqa fondlari hisobidan qoplanishi, agar zarar ushbu mablag‘lar hisobidan qoplanmasa, u holda ustav kapitali hisobiga qoplanishi va shirkat xo‘jaligining ustav kapitali ushbu summaga kamayishi, ustav kapitalining qolgan qismi shirkat xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlanishi belgilangan.
    Shu asosga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan“Oltinsoy” shirkat xo‘jaligining 72 nafar a'zosi manfaatida sudga da’vo arizasi kirirtilib, murojaatlar ijobiy qanoatlantirildi.
Ma'lumot o‘rnida, pay hissa bu firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida muayyan jismoniy yoki yuridik shaxs hissasiga to‘g‘ri keladigan pul badali summasi yoki ulush. Pay egasi oladigan daromad, dividend, shuningdek, kompaniya tugatilganda u oladigan mulk ulushi yoki pul mablag‘lari Pay mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Pay badallari shirkat yoki kompaniyaning Pay fondini tashkil etadi. Pay payguvohnomasida qayd etiladi.