Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya faoliyatidan


Ayni paytda "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bosh qomusimizda belgilanishi nazarda tutilayotgan tartiblar qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Shu bois, aholiga qonunchilik haqida to‘liq ma’lumot berish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinayapti.Navoiy viloyat hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan muloqot ham ana shu mavzuga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi va Konstituttsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan Konstituttsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar yuzasidan barcha savollarga javob berilib ulardan tegishli takliflar olindi.