Янгиликлар
18
Adliya faoliyatidan
Jurnalist- davr kuychisi.Bugungi zamon suratini ko‘rsatolish, har bir daqiqaning haroratini yuraklarga yetkazolish ana shu soha vakilining mas’uliyatidadir. Jurnalistning harakatlari axborot oqimidek tezkor,adolat yalovidek haqqoniy va xolis bo‘lmog‘i lozim. Bu sohada axborot kabi vaqt ham chegara bilmaydi, ana shunday harakat oralig‘ida faqat bir kun jurnalist uchun bayram. Uning mehnatlari e’tirof etiladigan, yana 365 kunlik quvvat bilan to‘ldiriladigan lahzalar bor.
Mamalakatimizda bu 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ham mazkur sana munosabati bilan bir guruh jurnalistlarga huquqiy axborotni tezkor va xolis yoritishdagi yaqin hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.
Muloqot avvalida bugungi kunda yurtimizda ommaviy axborort vositalarining mustaqilligi, sohada qonunchilik bazasining takomillashtirilayotgani, tizim taraqqiyotiga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritilib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan jurnalistlar faoliyati e’tirof etildi. Muloqot so‘ngida mehmonlar adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.