Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyati adliya boshqarmasida “Ayollarga huquqiy ko‘mak” loyihasi tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlar uchun tegishli mutaxassislar ishtirokida muloqotlar tashkil etilib, masalalar tegishli tartibda o‘rganilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi “Me’morlar” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida adliya boshqarmasi mas’ullari, notariuslar va 40 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etib, meros, aliment undiruvi, mulkiy va mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Shundan so‘ng, yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangiliklar, mehnat munosabatlariga oid normalar, davlat xizmatlaridan samarali foydalanish tartibi, normativ hujjatlarda ayollar uchun belgilangan imtiyozlar, notarial harakatlarni amalga oshirish sifati singari bir qator mavzularda huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.