Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya faoliyatidan


   Bugun oʼqishga hujjat topshirish yuki ancha yengillashdi. 8-10 ta maʼlumotnomani qoʼltiqlab, kunning issigʼida falon shaharning, falon oʼquv dargohi eshigida sargʼayishlar ortda qoldi. Joriy yil abiturientlarni onlayn roʼyxatdan oʼtkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar boʼlgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

   Yana bir qulaylik mavjudki, oliy oʼquv yurtiga kirish uchun hujjat topshirish joylardagi Davlat xizmatlari markazlarining oʼz-oʼziga xizmat koʼrsatish burchaklarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Navoiy viloyatining olis choʼl hududlari boʼlgan Uchquduq va Konimex tumanlarida abiturientlar markazlarga kelib oʼqishga onlayn tarzda hujjat topshirishmoqda.

    Konimex tumani adliya boʼlimi Davlat xizmatlari markazida tumanning "Birlik" mahallasida yashovchi Gauhar Turdimuratova umumtaʼlim maktabini ham, kollejni ham qozoq tilida tahsil olib tamomladi. Qabul jarayonida markazdan turib, Qoraqalpoq Davlat universitetiga oʼqishga kirish uchun hujjat topshirdi. Hammadan ham ota-onasining quvonchi cheksiz. Boisi, ular endi avvalgi avloddek, mehnat taʼtili olib, bolasining hujjatini topshirish uchun uzoq yoʼl bosib, Nukus shahriga bormaydilar. Oʼqishga hujjat topshirish tumanning oʼzida hal boʼldi. Gauhar Turdimuratovaning aytishicha, u fuqarolik pasporti, kasb-hunar taʼlimi muassasini tugatganligi haqidagi diplomi, imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini bazaga shakllantirgan xolos.

    Uchquduq tumani Аdliya boʼlimi Davlat xizmatlari markazi. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi Bektosh Safarov ikki yildan buyon huquqshunos boʼlishini istab, OTMlarga hujjat topshiradi. - Joriy yil oʼqishga kirish imkoniyati koʼproq, belgilagan beshta OTMning hech yo'qsa birida omadim chopar,- deydi abiturient. Oʼtgan yili Xatirchi tumanidagi DXMdan Toshkent Davlat Yuridik Universtetiga hujjat topshirgan edim. Bu yil ham oʼz iqtidorimni sinab koʼray. Markazdan hujjat topshirish juda qulay. Oʼz-oʼziga xizmat burchagidan xodimlar koʼmagida bor yoʼgʼi 10 daqiqa vaqtingiz ketadi, xolos. Eng asosiysi, Xatirchi tumanida yashasamda, Uchquduqdan turib ham onlayn hujjat topshira oldim. Eksterritorial xizmat koʼrsatish ham aʼlo darajada. Man ishonaman, hali yurtimizda xorijdagidek masofadan turib imtihon topshirish davri ham keladi.