Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya faoliyatidan


     Mamlakatimizda “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan ulugʻvor gʻoya hayotdan mustahkam oʻrin egallab, xalqimizning huquqiy islohotlarga nisbatan hurmati oshmoqda. Soha vakillari ham tobora aholiga yaqin,do‘st sifatida o‘z faoliyatlarini tashkil etib borayapti. Bu jarayonlar asosan sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari orqali namoyon bo‘lmoqda.

     Mazkur jarayonlarda notariuslarning ham faol ishtiroki ta’minlanayapti. Ular tomonidan “Huquqiy targ‘ibotda dolzarb oylik” e’lon qilinib, aholiga bepul huquqiy maslahat berish, sohaga oid murojaatlarni sayyor tartibda qabul qilish amaliyoti tashkil yo‘lga qo‘yildi.

     Muloqotlar davomida meros, oldi-sotdi shartnomalari, uy-joy ta’minoti, hadya va shu kabi bir qator yo‘nalishlarda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Hozirga qadar, notariuslar tomonidan 20 dan ortiq mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.