Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliya faoliyatidan


    Navbahor tumanining "Qalqon" mahallasida tashkil etilgan sayyor qabul va sayyor xizmatda Navbahor tumani adliya boʼlimi, notariuslar, "Madad" huquqiy koʼmak tashkiloti, FHDY va Davlat xizmatlari markazi xodimlari aholiga "Oʼzimiz keldik" aksiyasi doirasida aholi va tadbirkorlarga sayyor tartibda davlat xizmati koʼrsatdilar.

   Subsidiya, fermer xoʼjaliklarini tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga parvarishlash nafaqasini tayinlash, pensiya maʼlumotlarini olish boʼyicha 47 ta davlat xizmati koʼrsatildi. 10 nafar "Аyollar" daftariga kiritilgan xotin-qizlarga bandlik va oilaviy nizolar bo'yicha huquqiy maslahatlar berildi. 10 dan ortiq murojaatlar adliya ish yurituviga olindi. Xullas, hammada bir yumush. Kimning adliya, notarius yoki FHDY idorasi, davlat xizmatiga ehtiyoji bormi sayyor qabulga "Qalqоn" mahallasi binosi tomon intildi.

   Toki, aholining adliya idoralari va davlat xizmatiga boʼlgan ehtiyoji bor ekan, tizim xodimlari doimo aholi hohishiga koʼra sayyor qabulda, gohida xonadonma-xonadon yurib, odamlar murojaatlari va masalalariga yechim topadi.