Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya faoliyatidan


    Kishi boshiga ish tushganda eng avvalo, mushkulini oson qiluvchiga ehtiyoj sezadi.Bunday paytda to‘g‘ri huquqiy maslahat birinchi yordamdir.Adliya organlari huzurida faoliyat yuritayotgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bugun fuqarolarga ana shunday ko‘mak bermoqda.Birgina Navoiy viloyati Navbahor tumani misolida fikrimizni davom ettirsak hududda faoliyat yuritayotgan “Madad” tashkiloti adliya bo‘limi xodimlari qatorida aholining dardkashiga, yo‘lchi yulduziga aylanib ulgurganini ta’kidlash lozim.

   Birgina, joriy yilning iyun oyi davomida tumanda tashkilot vakillari tomonidan fuqarolarning 400 ga yaqin murojaatlari qabul qilinib, shundan sudga 80dan ortiq da’vo arizalari kiritilgan va murojaatlar ijobiy hal etib berilgan.

    Tashkilot vakillari haftada ikki marotaba sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari orqali fuqarolarning masalalarini manzilli o‘rganishni yo‘lga qo‘ygan. Tumanda adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi sayyor uchrashuvda “Madad” maslahati uchun 10 dan ortiq fuqaro qabulga yozildi.

    Murojaatlarning asosiy qismi oilaviy ajrim, aliment undiruvi va mehnat munosabatlariga oid masalalardan iborat bo‘ldi. N.Sadriddinova 2 nafar farzandning onasi, oilaviy kelishmovchilik sabab ota uyga ketib qolgan ayol uchun hayotini davom ettirish oson kechmagan. “Madad” tashkilotiga qilgan murojaatidan so‘ng, ayolning huquqlari tiklab berilib,unga nisbatan qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning qo‘llanilishi ta’minlandi.