Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Adliya faoliyatidan


     Oylik maoshiga kun kechiradigan har qanday xodim uchun ustama haqi eng yaxshi motivatsiyadir.Xalq tilida bu “oylikning barakasi”deyiIadi.Qonun hujjatlari bo‘yicha ustama haqi belgilansa-yu, pul to‘lab berilmasa "mehnatda unum"sezilmasligi tayin. Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari xodimlari shu masalada adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.01.2019-yildagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”da ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari xodimlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun 30 dan 80 foizgacha ustama pullari to‘lanishi belgilangan.

    Biroq, Nizom talablari oʻrganilganda Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlariga ushbu toʻlovlar umuman toʻlanmaganligi aniqlandi. Shundan so‘ng,adliya boshqarmasi tomonidan jami 83 nafar xodimga 450,2 mln. soʻm ustama toʻlash boʻyicha sud buyrugʻi chiqarilishiga erishildi.