Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Qiziltepa tumanida adliya bo‘limi va mas’ul tashkilotlar hamkorligida hududda faoliyat yuritayotgan diniy idora vakillarining siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konistitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, diniy marosimlarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibi, oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan odatlar, mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari xususida so‘z yuritildi.
Shu bilan bir qatorda, maraka va marosimlarda Respublikamizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish yuzasidan tushuntirish ishlarini jadallashtirish, va Qurbon hayitiga tayyorgarlikni amalga oshirishning qonunchilikdagi tartibi haqida ma’lumot berildi.