Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya faoliyatidan


     Navoiy viloyatining Zarafshon Uchquduq, Nurabod va Zaforobod hududlarida istiqomat faoliyat yuritadiganlar qoshimcha oylik tolovlar olish huquqiga ega. Bu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 1-apreldagi 2 va 33-son qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan mustahkamlab qoyilgan. Hujjat talablari qay darajada bajarilmoqda? Makur holat yuzasidan shahar adliya boʻlimi monitoring oʻtkazildi.

   O‘rganish davomida ayrim tashkilotlarda Nizom talablariga bajarilmagani aniqlandi. Xususan, Yoshlar ishlari agentligi Zarafshon shahar boʻlimining 15 nafar xodimiga 60 124 163 soʻm qoʻshimcha oylik toʻlovlar toʻlab berilmagan.

   Vaholanki, mazkur Nizomning 1-paragraf, 2-bandida muayyan davr ishlaganlik uchun belgilangan miqdordagi oylik toʻlovlarning toʻlanish huquqi, xodimlar byudjet muassasalari va tashkilotlarida ishlay boshlagan paytidan boshlab kelib chiqishi belgilangan.

  Shunga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Zarafshon shahar boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnoma asosida 15 nafar xodimlarga jami 60 124 163 soʻm qoʻshimcha oylik toʻlovlar toʻlab berilishi taʼminlandi.