Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
“Tillasi bor birni, dalasi bor mingni boqar” deydi dono xalqimiz.Bunda omilkor dehqonlarimizning mehnati, yerning rizq-ro‘z ramzi ekanligiga ishora bor.Shu bois mamlakatimizda dehqon va ferme xo‘jaliklari faoliyati qo‘llab-quvvatlanib, mazkur yo‘nalishdagi qonun hujjatlari zamon talabiga moslashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan amalda joriy etilgan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi fermerlarga huquqiy ko‘maklashish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Bu borada Navoiy viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilib fermerlarning huquq va manfaatlari himoya qilinmoqda.Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sohada huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil etish orqali adliya boshqarmasi tomonidan yer egalari manfaatida jami 3millarddan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.Joriy yilning aprel, may oylarida Xatirchi va Navbahor tumanlarida fermerlar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilgan tahlillar natijasida bu xirmonga bugungi kunda yana bir milliard so‘mga yaqin pul undiruvlari qo‘shildi.
Gap shundaki, Xatirchi tumanida faoliyat olib borayotgan Xatirchi tumanida faoliyat ko`rsatuvchi paxtachilik va g`allachilikka ixtisoslashtirilgan 72 nafar fermer xo’jaliklari
paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirish uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymati to`lab berilmaganligidan norozi bo`lib tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
- Aytib o‘sh joizki,O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli Qarorida 2018-yil 1-apreldan boshlab fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalari bilan ta’minlangan nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymati O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berililishi qayd etilgan-deydi Xatirchi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Zafar Nasimov.
Fermerlar murojaatiga asosan mazkur qaror ijrosi o‘rganilganda, viloyat moliya Bosh boshqarmasi tomonidan hujjat talablari ijrosi ta`minlanmaganligi aniqlandi.Hududda jami 800 millionga yaqin pul mablag‘lari fermerlarga to‘lab berilmagan.
Mazkur qaror ijrosi Navbahor tumanida ham to‘liq amalga oshirilmagan.Tuman adliya bo‘limi tomonidan hujjat talablariga rioya etish holati tahlil etilganda tahlil etilganda tumandagi 40 ga yaqin fermer xo‘jaliklariga 200 million atrofida pul mablag‘lari to‘lab berilmagan.
Akmal Hamroyev paxta dalalarida katta bo‘ldi, bu kasb unga ota meros.Unga sug‘orish ishlarini tashkil etish mobaynida ishlatilgan elektr energiyasi uchun 12 milliondan ortiq pullar to‘lanmay qolgan.
- Qonunlarimizda biz kabi oddiy xalq vakili uchun juda ko‘p imtiyozlar bor. Uni natijasini amalda ko‘rsang ishlaging keladi. Adliya bo‘limini yordami bilan menga ana shu shijoat yana qaytdi,adlolat borligiga yana bir bor ishondim.-deydi A.Hamroyev
Xatirchi va Navbahor tumanlari adliya bo‘limlari tomonidan fermerlar manfaatida sudga kiritilgan da’vo arizalari qanoatlantirilib, yer egalariga jami bir millaardga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi
Matbuot xizmati