Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Familiya, ism va ota ismini oʼzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʼlgach turar joydagi FHDY organi tomonidan koʼrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 387-son qaroriga muvofiq familiya, ism, ota ismini oʼzgartirish toʼgʼrisidagi arizalar:
“Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunning 15-moddasiga binoan:
-sudning hal qiluv qarori asosida;
-agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz boʼlsa;
-agar familiya va ism millatiga toʼgʼri kelmasa;
-xohishga qarab nikohgacha boʼlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
-oila uchun umumiy familiyada boʼlish istagi paydo boʼlganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan boʼlsa);
-16 yoshga toʼlgan shaxsga otalikni belgilashda koʼrib chiqiladi.