Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Dunyodagi hech nima, hayot,erkinlik va tinchlikning o‘rnini bosolmaydi.Odam savdosi qurboni bo‘layotganlar uchun ana shu uch narsadan birini yo‘qotish xavfi katta. Shu bois, odam savdosi global muammo sifatida qayt etiladi.Yillar mobaynida unga qarshi kurash olib borilmoqda.Odam savdosining omillari ko‘p. Ammo eng asosiy masala bunday kishilarda huquqiy savodxonlikning yetishmasligi bilan bog‘liq. Shu bois, adliya organlari tomonidan mazkur yo‘nalishda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Navoiy IIB, viloyat adliya boshqarmasi,“Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Odam savdosini oldini olishda hamkorlik mexanizmi” mavzusida o‘quv amaliy seminari tashkil etildi.
Muloqot davomida sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati,amaldagi ijrosi tahlil etilib,hamkor tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi. Guruhlarda ishlash orqali yangi yo‘nalishlar belgilab olindi.