Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya faoliyatidan


 Va’daga vafo tadbirkorlikning muhim sharti.Bu orqali ishonch shakllanadi.Ishonch oqlanmagan joyda huquqiy ziddiyatlarning kelib chiqishi tabiiy.Navbahor tumanida ana shunday holat kuzatildi.

 Tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi Navbahor tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga oldi-sotti shartnomasida nazarda tutilgan shrtlarni amalda bajarilishini ta’minlashda yordam so‘rab murojaat qildi.

 Aniqlanishicha, obodonlashtirish boshqarmasi va “Global Rapid Transportation” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida 26.01.2021-yilda 1-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolangan. Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ekti obodonlashtirish boshqarmasiga traktor va trkamalar yetkazib berish majburiyatini olgan. O‘rganish jarayonida hujjatlar, boshqarma tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatiga belgilangan pul mablag‘lari o‘z vaqtida ko‘chirib berilganlini ko‘rsatdi.

 Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan kelishuvdagi 227 145 000 soʻmlik “TraktorMTZ 82D”rusumli traktor obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazib berilgan bo‘lsa-da tirkamaning olib kelinishi paysalga solingan. Uning umumiy qiymati 56 145 ming so‘mga teng. Bunda shartnoma shartlari buzilgani uchun hisoblangan 1,6 dan ortiq penya mablag‘lari ham hujjat talablariga mos.

 Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining aralashuvi bilan mazkur mablag‘larni undirish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritilib murojaat ijobiy hal etib berildi.