Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED beshinchi mintaqaviy xudud 11-son jazoni ijro etish kaloniyasida jazo muddatini o‘tayotganlar uchun huquqiy targ‘ibot tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-sonli qarori va qaror bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida Intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlanganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Ushbu strategiyaning 7 ta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha 38 ta tadbirni o‘z ichiga olgan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi va 2022-2026 yillarda “O‘zbekiston Respublikasida Intellektual mulk sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatgichlari (intikatorlari) to‘g‘risida shuningdek bugungi kunda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.