Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya faoliyatidan


    Zarafshon shahri va Tomdi tumanidagi 10 ta davlat organi va tashkkilotlarining quyi tuzilmalari mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi 173-son qaroriga asosan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazlarning ish boshlashi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish sifati yangi bosqichga ko‘tardi desak mubolag‘a emas.Ayniqsa, faoliyatning“E-huquqshunos” elektron tizimi orqali tashkil etilishi ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olib,ish unumini oshirdi.

   Zarafshon shahri va Tomdi tumanida tashkil etilgan amaliy o‘quv soatlari “E-huquqshunos” elektron tizimida faoliyatni samarali tashkil etishga bag‘ishlandi.Seminar avvalida har bir tashkilotda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil etilib, qonunchilikka oid terminologiya,sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, elektron tizimda ishlash tartibi, alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan funksiyalar tushuntirib o‘tildi.