Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Huquqiy axborot kunlari” loyihasi doirasida “Huquqiy aksiya”ga start berildi. Adliya organlari bugun Nurota tumanining olis “Sentob” qishlog‘i aholisi xizmatida. Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari,mustaqil jurnalist va blogerlar, davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda. Aksiya doirasida” PRESS-TUR”, “HUQUQIY VIKTORINA”, “SAYYOR QABUL” va “UYMA-UY HUQUQIY XIZMAT” loyihalari o‘tkaziladi.
Ayni paytda ommaviy axborot vositalari xodimlari Nurota tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda.Aytib o‘tish kerakki, joriy yilning shu davriga qadar tuman adliya bo‘limi tomonidan 300ga fuqaro murojaatlari qabul qilingan bo‘lib, shulardan 200dan ortiq to‘liq qanoatlantirilgan, 92tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 8tasi tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, fuqarolarga dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.Bundan tashqari yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelib tushgan 5000dan ortiq hujjatlar qonun talablari asosida ekspertizadan o‘tkazilgan.