Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya faoliyatidan


     O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyatida yuridik xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Muloqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son Qarori ijrosi, tizimda amalga oshirilayotgan yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berib borilmoqda.

    Navbatdagi tadbir viloyat yuridik texnikumida tashkil etildi.Unda xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, , qishloq xo‘jaligi bo‘limi,turizm va madaniy meros bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi singari bir qator tashkilot va muassasalarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

    Seminarda Prezident hujjatida belgilangan vaziflar ijrosi, tizimga oid mavjud muammolar tahlil etilib, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga ko‘maklashuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.