Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentyabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi 490-sonli qaroriga ko‘ra, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar, o‘rta maxsus va hunar - texnika o‘quv yurtlari kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini hisoblab uning 3,6 foizida qo‘shimcha haq to‘lash belgilangan. Hujjatga binoan, 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq, bu mehnatga haq to‘lashdagi eng kam miqdorning
10,6 foizidan oshmasligi lozim. Shu asosga ko‘ra, viloyat Xalq ta’limi tizimidagi 353 ta maktabda normativ hujjat ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi.