Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya faoliyatidan


    Navoiy viloyati yuridik texnikumi mas'ullari tomonidan viloyat Qo’riqlash boshqarmasida “Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni” mavzusida huquq – tartibot organlari hodimlarining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savdodxonligini oshirish yuzasidan huquqiy targʻibot tadbiri tashkil qilindi.

    Savol-javob va muhokamaga boy bo’lgan mazkur tadbirda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, amaldagi qonunchilik normalari tahlil etildi. Muloqot davomida konstitutsiyaviy loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilayotganligi, ular "inson-jamiyat-davlat" printsipiga asoslangan boʼlib, milliy konstitutsiyaviy oʼzlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha boʼlimlariga tub oʼzgartishlar kiritishni nazarda tutayotgani haqida ma’lumot berib o‘tildi