Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Jamoa aʼzolari Navoiy viloyati aholisining huquqiy savodxonligi, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorlik darajasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Shu munosabat bilan Navoiy viloyat adliya organlari tizimida “Huquqiy targ‘ibot” haftaligi eʼlon qilindi. Haftalik doirasida delegatsiya aʼzolari viloyatning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, sayyor qabul, huquqiy aksiya, amaliy seminar, “Adliya sayli” singari tadbirlar orqali ular bilan muloqotga kirishadi. Maqsad odamlarning qalbiga quloq tutish, orzu umidlari, murojaat va masalalar bilan tanishish, muqobil qonuniy yechim taklif etishdir.
Ana shunday tadbirlardan biri Karmana tumanida tashkil etildi. Delegatsiya a’zolari hududning Alisher Navoiy bog‘ida o‘tkazilgan "Adliya sayli"da ishtirok etdilar. Tadbir mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari,adliya bo‘limi, yuridik xizmt ko‘rsatish markazi, FHDY mas’ullari tomonidan fuqarolarning 50dan ortiq murojaatlarini qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, elektron imzo olish, tadbirkorlik sub’ekti ochish, farzandini maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga elektron navbatga qo‘yish istagi bilan kelganlar uchun 20dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir nodavlat notijorat tashkilotlar, jumladan “Sirdoshim”, viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, milliy madaniy markazlar, madaniyat va san’at xodimlarining ko‘rgazmali va badiiy chiqishlari bilan bayramona ruh kasb etdi.
“Adliya sayli” tom ma’noda xalq sayliga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Bir tomonda sport o‘yinlari, bir yonda bolalar uchun o‘yingoh.Turli jamoalarning badiiy chiqishlari kishilarga ko‘tarinkilik ulashayapti.Ko‘pchilik oilasi bilan tashrif buyurgan, hordiq chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud.Eng muhimi, bayram qilaman, dam olaman deb kelgan kishi qaysidir yo‘nalishda huquqiy masalasini ham hal etib ketmoqda.-deydi Karmana tumani Mirsaid Baxrom MFY mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchisi