Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya faoliyatidan


    Inson uchun salomatlikdan ko‘ra afzalroq boylik yo‘q.Shu bois, jonimiz og‘ridimi avvalo dorixonalarga yo‘l olamiz. Ammo so‘nggi vaqtlarda dori vositalari orasidan ham kontrafakt mahsulotlar ko‘paymoqda. Bu esa salomatligimiz uchun jiddiy xavf degani.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 aprel 2022 yildagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha Navoiy viloyat Adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat xududiy boshqarmasi bilan birgalikda Navoiy shahridagi Avitsina MChJ dori ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishib, ularga "Kontrafakt" dori vositalari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.