Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya faoliyatidan


   Navbahor tumanining Keskanterak MFY hududidagi madaniyat markazida tuman adliya bo‘limi tomonidan sayyor qabul va huquqiy targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

   Qabulda “Keskanterak”, “Yangi hayot”, “Guliston”, “Qorajon” MFY hududida istiqomat qilayotgan moddiy yordamga muhtoj, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan jami 100ga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

   Muloqot davomida fuqarolar mehnat munosabatlari, bandlik, kommunal toʻlovlar, yoʻl qurilishi, davlat xizmatlaridan foydalanish, oilaviy munosabatlarga oid bir qator masalalarda adliya boʻlimi va tegishli mutasaddi idora vakillariga murojaat qilishdi.

   Qabul davomida 42 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shulardan 23 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 7tasi tegishli idoralarga yoʻnaltirilib, 12 ta murojaat adliya boʻlimiga ish yurituvi uchun qabul qilindi.