Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Tomdi tumanidan 300 kilometr uzoqlikdagi “Ayaquduq” OFY da adliya bo‘limining sayyor qabuli tashkil etildi
Qabulda moddiy yordamga muhtoj, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida fuqarolar mehnat munosabatlari, bandlik, kommunal toʻlovlar, yoʻl qurilishi, davlat xizmatlaridan foydalanish, oilaviy munosabatlarga oid bir qator masalalarda adliya boʻlimi va tegishli mutasaddi idora vakillariga murojaat qilishdi.
Qabul davomida 10 dan ortiq murojaat adliya boʻlimiga ish yurituvi uchun qabul qilindi.