Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Yangi tahrirda maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qatoriga “oʻzboshimchalikni taqiqlash”, “vakolatning suisteʼmol qilinishini taʼqiqlash”, “huquqni qoʻllashni rad etishga yoʻl qoʻymasligi” prinsiplari kiritilmoqda.
Qayd etish kerakki, qonundagi “ishonchning himoya qilinishi prinsipi” yangi tahrirda bayon etilmoqda. Yaʼni manfaatdor shaxslar maʼmuriy organlar qarorlari va harakatlarining toʻgʻriligi prezumsiyasidan kelib chiqishga haqli. Maʼmuriy organ tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxs uchun nomaqbul oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilanmoqda.
Endilikda manfaatdor shaxslarning maʼmuriy organlarning yozma tushuntirishlari va rasmiy bayonotlariga boʻlgan ishonchi qonun bilan qoʻriqlanadi.
Batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak,Qonun maʼmuriy aktlarni qabul qilish, oʻzgartirish, ijro etish va bekor qilishga qaratilgan maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Mazkur Qonunni ishlab chiqishda koʻplab xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, Ozarbayjon, Estoniya, Latviya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Armaniston kabi davlatlarning qonunchilik tajribalari oʻrganildi.
Amaldagi Qonun 7 ta bob, 88 ta moddadan iborat. Qonun 7 ta bob 110 ta moddadan iborat shaklda yangi norma va mexanizmlar hamda yangi prinsiplar bilan boyitildi.
Qonun amaldagi Qonundan 60 foizga oʻzgardi va yangilandi. Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilganda 111 moddadan iborat edi.
Maʼmuriy ish yuritishda guvoh, ekspert, mutaxassis va tarjimon qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlarini belgilovchi 37-modda Qonun matnidan chiqarib tashlandi. Ushbu masalalar qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi maqsadga muvofiq deb topilib, Qonundan chiqarildi.
Qonunni ishlab chiqish jarayoniga vazirlik va idoralarning jami 14 nafar mutaxassisi, shu jumladan, 4 nafar xorijiy ekspert jalb etildi.
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi yangi Qonunda qonunning koʻllanish sohalari sezilarli darajada kengaytirildi va aniqlashtirildi.
Jumladan, Qonun fuqarolarning pensiya taʼminoti, soliq va