Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Adliya faoliyatidan



   Kishini baxtli qiladigan omillardan biri bu qadr topish. Qadr tushunchasini qonun tilida kishilarning huquq va manfaatlarini himoya etilishi, jamiyatda adolatning ta’minlanishi bilan izohlash mumkin. Shu bois, qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasi,yagona huquqni qo‘llash amaliyotining ta’minlanishi adliya qadriyatlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Qo‘chqaraliyevna O‘rinbayevaning navoiylik jurnalistlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritildi.Ma’lumki Adliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan respublika bo‘ylab OAV xodimlari bilan ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda. Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tadbir dastlab matbuot kotibining adliya boshqarmasida faoliyati, tizimda huquqiy axborotni tarqatish, media muhit yaratilganligi, mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan boshlandi.

   Shundan so‘ng, jurnalistlar bilan MATBUOT ANJUMANi tashkil etildi. Bunda MTRK tuzimida faoliyat yuritayotgan va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.Muloqot Adliya vazirligi faoliyati, tizimda jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish, jamiyatda huquqiy media-makon yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tafsiloti bilan boshlandi. Bunda feyk va turli axborot xurujlariga qarshi kurashish, media va huquqiy savodxonlikni oshirishda huquqiy manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr almashildi.

   Tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va axloqiy omillar” nomli qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.

   Muloqot davomida viloyat adliya organlari timida ham amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, juranalistlarning jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, viloyatda president hujjatlari ijrosi nazorati,fuqarolarning huquqlari himoyasi, mehnat munosabatlarida xodimlar manfaatlari,notarial harakatlar,yuridik xizmat va davlar xizmatlaridan foydalanish amaliyotiga oid savollariga adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Sarabekov tomonidan javob berildi.

    Shundan so‘ng, Navoiy shahar va Karmana tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida jurnalistlar uchun PRESS-TUR tashkil etilib, davlat xizmatlarida joriy etilgan tartiblar, fuqarolar uchun yaratilgan qulaylik haqida ma’lumot berildi.

    Aytib o‘tish kerak, Navoiy viloyatida ayni paytda 11 ta davlat xizmatlari markazi va 9 ta filial faoliyat yuritmoqda.Ular bugun fuqarolarning chin maʼnodagi ko‘makchisiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aholi markazlar ko‘magida 170 dan ortiq xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.Bu esa ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning shu davriga qadar markazlar tomonidan 200 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatilgan, davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik subʼektlari soni esa 4437 tani tashkil etadi. Bunda ayniqsa qo‘shma korxonalar sonining ortayotgani alohida ahamiyatga ega bo‘lib, hududda qulay biznes muhiti yaratilayotganidan darak. Ayni paytda viloyatdagi mavjud xorijiy korxonalar soni 213 tani tashkil etmoqda.

    Press-tur davomida viloyat yuridik texnikumi faoliyati bilan ham tanishilib, texnikumning “Street law” jamoasi bilan muloqot o‘tkazildi.

       Jumladan, Qonun fuqarolarning pensiya taʼminoti, soliq va bojxona, davlat nazorati va tekshiruvi, shaharsozlik rejalashtirish, yer uchastkalarini ajratish va olib qoʻyish kabi munosabatlarga tatbiq etilishi aniq belgilandi.