Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mahalliy hokimliklar yuridik xizmati xodimlari hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyati xodimlari ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar aytilib, kelgusida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammolar yuzasidan seminar ishtirokchilariga huquqiy tushuntirishlar berildi.