Янгиликлар
24
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyati adliya organlarida “Sayyor qabullar” haftaligiga start berildi.Haftalik doirasida tuman va shaharlardagi olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi muammolari o‘rganilib ijobiy hal etilmoqda.
Xususan, Navbahor tumanida viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan adliya bo‘limi, mahalliy hokimlik, IIB, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda tumanning "Qalqon ota", "Mirzo Ulug'bek", "Xalovattepa","Toshrabod" mahallalari fuqarolari qamrab olindi.200ga yaqin fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan muloqotlar mobaynida asosan bandlik, aliment undiruvi,ish stajini tiklash, moddiy yordam masalalarida murojaatlar qabul qilindi.
Bundan tashqari oilaviy ajrimlar xususida ham so‘z yurutilib,uning sabablari,oqibatlari tahlil etildi. Ajrim yoqasida turgan oila vakillariga qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.Qabul mobaynida 30 dan ortiq murojaatlar ish yurituviga olindi.