Янгиликлар
25
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyati adliya organlarida “Sayyor qabullar” haftaligi davom etmoqda.Haftalik doirasida tuman va shaharlardagi olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi muammolari o‘rganilib,ijobiy hal etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Tomdi tumanining "Tomdibuloq" OFYda viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan adliya bo‘limi, mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida tashkil etildi.100ga yaqin fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan muloqotlar mobaynida asosan bandlik, nogironlikni belgilash, imtiyozli shartlarda kredit olish, ish stajini tiklash, moddiy yordam masalalarida murojaatlar qabul qilindi.
Bundan tashqari oilaviy ajrimlar xususida ham so‘z yurutilib,uning sabablari,oqibatlari tahlil etildi.Qabul mobaynida 10 dan ortiq murojaatlar ish yurituviga olindi. Ommaviy muloqotdan so'ng, yakka qabullar tashkil etildi.