Янгиликлар
26
Adliya faoliyatidan
Uchquduq tumanida viloyat adliya boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning bandlik, pensiya taʼminoti, mehnat va oilaviy munosabatlar, soliq toʼlovlari, nogironlikni belgilash, ish stajini tiklash va imtiyozli shartlarda nafaqaga chiqish singari bir qator masalalari yuzasidan 50ga yaqin murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, 20 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish berildi. 15 dan ortiq murojaat ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 5 tasi tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlariga yuborilib, 10 ga yaqini adliya organlari tomonidano‘rganish uchun ish yurituviga qabul qilindi.
—————————————————————-
Men Uchquduq tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida yashayman. Shaxsan o‘zim ham, qo‘shnilarim ham adliya xodimlaridan ko‘p yordam olganmiz. Masalan, men adliya boʼlimi ko‘magi bilan bola puli oldim, qaynonamni ish stajini tikladik.Bugungi sayyor qabulda ham hamma savollarimga javob topdim va davlat xizmatlaridan foydalandim.-deydi A.Membeshirinova
—————————————————————-
Sayyor qabulda fuqarolarga 8 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi. Jumladan, 3 nafar fuqaro narkalogiya dispanseridan, 3 nafari ruhiy kasalliklar shifoxonasidan, 1 nafar fuqaro kadastr ma’lumotlari olishda davlat xizmatlaridan foydalanishdi. Murojaarlarga ko‘ra, sayyor qabul ishtirokchilariga elektron raqamli imzo kaliti olib berishda amaliy ko‘maklashildi.
Ommaviy qabuldan so‘ng, fuqarolar xohishiga ko‘ra, yakka tartibda muloqotlar tashkil etilib, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish, bolani MTTga ro‘yxatga qo‘yish, nogironlikni belgilash singari bir qator murojaatlar o‘z o‘rnida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etiladigan masalalar ish yurituvi uchun alohida nazoratga olindi. Tadbir mobaynida adliya organlari hamda mahalla xodimlari bilan sayyor qabulga kelish imkoniyati boʼlmagan fuqarolarning xonadonlariga uyma-uy kirilib, huquqiy tushuntirish berildi, oʼrganish talab etiladigan masalalar alohida nazorat uchun qabul qilindi.