Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya faoliyatidan


Tomdi kengliklari. Bu yer Navoiy viloyatining cho‘l hududlari sirasiga kiradi. Shu bois, aholi siyrak joylashgan. Bugungi kunda Tomdida 10900 nafar aholi, 2000 dan ortiq oilalar istiqomat qilmoqda. Fuqarolarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik. Viloyat adliya boshqarmasi, IIB, tuman sector rahbarlari ishtirokida hududda o‘tkazilgan sayyor qubul, aholining ko‘plab huquqiy masalalariga yechim bo‘ldi desak, mubolag‘a emas.  
 Har kimning masalasi o‘ziga xos. Kimdir uy-joy dardida, kimdir salomatligini tiklash, yana birov moddiy yordam-u, huquqiy ko‘mak olish istagi bilan qabulga kelgan.
Muloqot davomida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 30ga yaqin murojaatlar qabul qilinib, 17 tasi o'z joyida hal etildi, 9 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa,4 nafari tegishliligiga ko'ra davlat organlari va tashkilotlariga yo'naltirildi.

 Fuqarolar asosan aliment undiruvi, ish stajini tiklash, elektron imzo olish, tadbirkorlik sub'ekti ochish va mehnat munosabatlariga oid masalalarda murojaat qilishdi

 Bundan tashqari 2 nafar fuqaroga tadbirkorlik sub’ekti ochish, 7nafar murojaatchiga elektron imzo olish, 3nafar fuqaroga uy-joy bilan bog‘liq masalada davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘sa, 2ta juftlikka nikoh guvohnomasini olishda amaliy yordamlashildi