Янгиликлар
29
Adliya faoliyatidan
G'azg'on shahrida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari G'.Primov ishtirokida "Xususiy mulk davlat himoyasida" huquqiy aksiyasi doirasida tadbirkorlar va mahalla fuqarolari bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida avvalo xususiy mulk tushunchasiga izoh berilib,qonunchilikda mazkur yo'nalishda mavjud tartiblar, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan aksiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi.
Shundan so'ng, tadbirkorlar va mahalliy aholining,uy kadastr, yo'l qurilishi, tadbirkorlik sub'ektini xususiylashtirish shartlariga oid murojaatlari tinglandi.Masalalar tegishli tartibda ko'rib chiqildi.
Uchrashuvdan so'ng, tadbirkorlar masalalarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida murojaatlarga asosan, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati bilan tanishildi.