Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Adliya faoliyatidan


Respublikamiz bo'ylab keng nishonlanayotgan O'zbekiston Respublikasining 31 yilligi Navoiy viloyat adliya organlar tizimida ham ko'tarinkilik bilan qarshi olindi.

 Sana munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida sohada faoliyat yuritgan 10dan ortiq faxriylar, tizim xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
 Istiqlol yillarida mamlakatimizda keng ko'lamli huquqiy islohotlar amalga oshirildi.Bu orqali adliya organlarining jamiyatdagi o'rni va mavqeyi ortdi desak mubolag'a emas.Tadbirda shu haqda so'z yuritilar ekan, tizimda aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy xizmat sifati oshgani, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish markazlashgan holda tegishli tartibda tashkil etilayotgani, fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratilayotganiga alohida urg'u berildi.

  -1992 yillarda Navoiyda adliya boshqarmasiga boshliq bo'lganman.U kezlarda ham tirishib ishlaganmiz,ammo bugungi kabi imkoniyatlar yo'q edi. Endi esa adliya tizimi havas qilgulik darajada, shinam,keng binolar, moddiy rag'batlantirish tubdan yaxshilangan.Qani endi yoshlik qaytsa-yu, boshqatdan ish boshlasak. Faqat ana shunday imkoniyatlarni qadriga yetib, qonun yo'lida adolat va haqiqatni bayroq qilib ishlash kerak.Huquqshunos har doim haqiqat tomonida bo'lishi shart-deydi Navoiy viloyat adliya boshqarmasi faxriylar kengashi a'zosi Nurlan Karimov

 Tadbir davomida faxriylar va sohada samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarga adliya boshqarmasi tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari topshirildi