Янгиликлар
30
Huquqiy targ'ibot
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Karmana tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyat Karmana tumanida oqava suv tizimlarini qurish hamda "Qashqadaryo viloyati Shahrizabz shahri va Kitob tumani markazida oqava suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171-sonli qarori yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.Muloqot davomida Navoiy viloyatining Karmana tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarining oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida hujjatda nazarda tutilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.
Xususan, Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga jami 105,0 million yevro qarz hamda Agentlik orqali Yevropa komissiyasi tomonidan 9,0 million yevro miqdorida grant ajratilishi, shu jumladan,“Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasini amalga oshirish uchun 6 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yilda qaytarish sharti bilan 24,7 million yevro miqdoridagi qarz berilishi aytib o‘tildi.