Янгиликлар
16
Huquqiy targ'ibot
Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-788-son Qonuni qabul qilinganligi va qonunda belgilangan ustivor vazifalar toʻgʻrisida viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Seminar doirasida, Qonunning maqsadi, davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mehnatga oid munosabatlar, shuningdek Qonunning amal qilishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar to‘g‘risida alohida tushuntirish berildi.