Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya faoliyatidan


“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” bu shior bugun yurtimiz boʻylab baralla yangramoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham huquqiy targibot va va bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi tadbirlar tizimda uzoq yillar faoliyat yuritgan ustozlar holidan xabar olish bilan davom etdi.
“Ustoz otangdek ulugʻ” deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, dunyoda ustozlar borki, hayot bardavom. Yaxshilik barhayot, ilm, oʻrganish va kelajakka ishonch bor. 
Adliya organlari tizimida ham ustozlar e’zozi oliy qadriyatdir. Shu bois, Navoiy viloyat dliya boshqarmasida “Faxriylar kengashi” tashkil etilgan boʻlib, bu orqali faxriy huquqshunos ustozlar bir davraga jamlangan. Bayram arafasida an’anaga koʻra, adliya xodimlari, notariuslar tomonidan ularning holidan yana bir karra xabar olindi.