Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya faoliyatidan


Nurota tumanida bugungi kunda 53 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularining barchasida kutubxona faoliyati va kutubxonachilik yo‘lga qo‘yilgan. Hujjat ijrosi yuzasidan o‘tgan 3 yillik davr monitoring qilinganda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun 41 690 800 so‘m qo‘shimcha haq to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
  
 Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
 1994-yil 29-sentyabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi 490-sonli qaroriga ko‘ra, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar, o‘rta maxsus va hunar - texnika o‘quv yurtlari kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini hisoblab uning 3,6 foizida qo‘shimcha haq to‘lash belgilangan. Hujjatga binoan, 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq, bu mehnatga haq to‘lashdagi eng kam miqdorning
 10,6 foizidan oshmasligi lozim.
  
 Kutubxonachilik ham oson emas. Kitobxonlar bilan ishlash,adabiyotlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish,tozalik yumashlari xullas, bularning barchasi doimiy nazoratdagi vazifalardir. Shu bois qonunchilikda, kutubxonchi sifatida faoliyat yuritayotganlar uchun maxsus ustama haqlari belgilangan.Ammo bu haqlar egalariga o‘z vaqtida to‘lab berilmagani Navoiy viloyat adliya organlari tizimida olib borilgan monitoringlar davomida aniqlandi. 
 
 Shu asosga ko‘ra, sudga da’vo arizasi kiritilib kutubxonachilarning ustama mablag‘ldri to‘lab berilish ta’minlandi.
 
 Avval xabar berganimizdek mazku yo‘nalishda viloyat Xalq ta’limi tizimidagi 358 ta maktabda normativ hujjat ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi. 400 1mln ga yaqin pul mablag‘larining o‘z egalariga qaytarilishi ta’minlandi.
  
 Umid Suvonov
 Nurota tumani adliya bo‘limi boshlig‘i