Янгиликлар
14
Adliya faoliyatidan
Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsiz holga kelganda), yuridik yoki jismoniy shaxs — transport vositasi egasining yozma shakldagi arizasiga koʻra talon dublikati beriladi.
Bunda transport vositasining texnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish muddati oʻzgarmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 46-bandi.