Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya faoliyatidan


Huquqiy islohotlar jarayonida xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash, mulkdorlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat kengashida shahar adliya bo‘limi tomonidan  “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Seminarda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi bir qator tartib va talablar bekor qilinganligi, Jumladan, yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, yerdan ixtiyoriy voz kechilganda bu haqdagi notarial tasdiqlangan ariza yerga bo‘lgan huquqni bekor qilish uchun asos bo‘lishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olishbilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, tadbir davomida shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.